Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hotamjon Ketmonovning ishdan ketishi sababi ma’lum bo‘ldi

Hotamjon Ketmonovning ishdan ketishi sababi ma’lum bo‘ldi

Foto: Partiya  axborot xizmati

Bugun, 1-iyun kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Partiya  axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun Markaziy Kengashining navbatdan tashqari XII Plenumi bo‘lib o‘tgan. 

Plenumda kun tartibidagi tashkiliy masala ham ko‘rib chiqilgan.  Bugungi kungacha O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov boshqa ishga o‘tganligi bois, o‘z hohishiga muvofiq partiya yetakchiligidan ozod etilishini so‘rab, ariza bilan Plenum a’zolariga murojaat etgan va uning arizasi qanoatlantirilgan.

Plenumda Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi etib saylangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring