Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homilador ayollarga qon topshirish xizmati pullimi yoki bepul?

Homilador ayollarga qon topshirish xizmati pullimi yoki bepul?

Foto: «Xabar.uz»

Tahririyatimizga barcha oilaviy poliklinikalar tomonidan homilador ayollar va boshqa bemorlar Toshkent shahar «Qon preparatlari» ilmiy ishlab chiqarish korxonasiga yuborilayotgani haqida murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra, qon tahlillarini topshirish bir qarashda bepulga o‘xshasa-da, biroq ular uchun kamida 80 ming pul to‘lanayotgani aytilgan.

«...Keyin uzoq navbatlar tufayli tartibsizlik bo‘lib ketgan. Poytaxt bo‘lsa, sharoit qilish kerak-ku!», deyiladi murojaatda. Chindan ham, suratlardan ko‘rinib turibdiki, qon tahlillari uchun belgilangan summa aholiga og‘irlik qilishi tabiiy.

Foto: «Xabar.uz»

Mazkur shikoyat ohangida yozilgan murojaatga oydinlik kiritish maqsadida, «Qon preparatlari» ilmiy ishlab chiqarish korxonasiga yuzlandik. Ulardan kelgan xatda aytilishicha, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining pullik xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi 064-sonli ruxsatnomasiga asosan, korxonada pullik xizmatlar amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Pullik tibbiy xizmatlar fuqarolarga tasdiqlangan preyskurat hamda o‘zaro shartnoma asosida tashkil qilingan. Barcha muolajalar qayd jurnalida ko‘rsatilgan va to‘lovlar o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilgan.

Preyskurant
Foto: «Xabar.uz»

Shuningdek, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining 2011-yil 12-oktabrdagi 173-sonli qaroriga ko‘ra, homiladorlarga qon guruhi va rezus faktorini aniqlash bepul amalga oshiriladi. Homilador ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining 2018-yil 16-aprel 147-sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan. Ushbu buyruq asosida homilador ayollarga qon guruhi va rezus faktori tuman tibbiyot birlashmalarida bepul tashkillashtirilishi murojaat qiluvchilarga tushuntirilmoqda. Fuqarolarning o‘z xohishiga ko‘ra esa xizmatlar pullik, o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Tomirdan qon olish, qon guruhi va rezus faktorini aniqlash tasdiqlangan preyskurantga asosan jami — 34200 so‘mni tashkil qilgan, deyiladi xatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring