Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqxo‘jayev hokimlikka qarashli binoni talabalar yotoqxonasi uchun ajratdi

Ortiqxo‘jayev hokimlikka qarashli binoni talabalar yotoqxonasi uchun ajratdi

Toshkent shahar hokimi Ortiqxo‘jayev hokimlikka tegishli bo‘lgan binoni DXSh asosida talabalar yotoqxonasini tashkil qilish uchun Toshkent davlat transport universiteti balansiga o‘tkazib berish haqidagi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, Hukumatning 2022-yil 9-sentyabrdagi tegishli farmoyishi ijrosi doirasida universitetga hokimlikning Toshkent shahar Mirobod tumani, Pomir ko‘chasi, 34-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini operativ boshqaruv huquqi bilan bepul beriladi.

Mazkur bino va inshootlar joylashgan hududning umumiy maydoni 4 648,0 kv.metrga teng.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring