Hokimlarning vakolatlari qisqartiriladi (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etmoqda. Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tyapti.
Prezident hokimlarning vakolatiga 300ga yaqin vazifa belgilangani va ularning salkam yarimi bevosita hokimning vazifasiga aloqador emasligi yoki boshqa idoralarning vakolatlarini takrorlashini qayd etdi.
«Shu sababdan, Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Adliya vazirligi shu yilning birinchi yarim yilligida hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqib, ularga xos bo‘lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalar tegishli organlarga o‘tkazilishini ta’minlashi lozim», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Murojaatnoma davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter