Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumot onlayn olish mumkin
Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot olishning qulay imkoniyati yaratilgan, deb xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
«Avvallari xodimlar maoshi haqida ma’lumot olish uchun alohida vaqt ajratib, tegishli eshik oldida kun o‘tkazishga majbur bo‘lishardi.
Taraqqiyotni qarangki, bugun hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni uyda yoki ish joyingizda o‘tirgan holda olish imkoni mavjud», deyiladi xabarda.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Yagona identifikatsiyalash tizimida (OneID) elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan akkaunt orqali avtorizatsiyadan o‘tgan bo‘lishingiz lozim.
Asosiysi, siz kutgan ma’lumot bir zumda taqdim etiladi. Yana xizmat uchun haq to‘lanmaydi (bepul).
Mazkur xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/263
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter