Hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazishda firibgarlar paydo bo‘ldi
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha yangi tartib belgilangan bo‘lishiga qaramay, ayrim shaxslar ma’lum mablag‘ evaziga mijozlarga hisoblagichlarni davlat qiyoslovidan o‘tkazib berish xizmatlarini taklif etmoqda. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
«O‘rganish natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, xonadonlarga kirib borayotgan bunday «hojatbarorlar» o‘zlarini «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ (avvalgi «Suvsoz» korxonasi) xodimi sifatida tanishtirib, ma’lum mablag‘ hisobiga mijozlarga hisoblagichlarni davlat qiyoslovidan o‘tkazib berish xizmatlarini taklif etmoqda. Ularni yechib olib, ko‘p hollarda qaytib o‘rnatishni ham unutmoqda. Chunki hisoblagichlarni hech qanday tekshiruvdan o‘tkazmaydilar.
Hech qanday asossiz mablag‘ va vaqt yo‘qotmaslik uchun xonadoningizga kirib kelib, o‘zini xizmat ko‘rsatuvchi qilib ko‘rsatgan har qanday kishiga ishonmang. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan tanishing. Bu bilan ham kifoyalanmay, uning ish joyiga qo‘ng‘iroq qiling va kelgan xodim haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlab oling», deyiladi xabarda.
«Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ xodimi haqida ma’lumot olish uchun hududiy bo‘limlarning quyidagi telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
- «Suv o‘lchagich xizmati» UK – 71 289-13-67
- M.Ulug‘bek tumani – 71 262-75-62
- Olmazor tumani – 71 246-03-84
- Uchtepa tumani – 71 217-27-68
- Yashnobod tumani – 71 295-60-33
- Bektemir tumani – 71 295-63-21
- Yunusobod tumani – 71 235-13-14
- Sergeli tumani – 71 258-32-93
- Chilonzor tumani – 71 276-18-33
- Shayxontohur tumani – 71 273-06-17
- Mirobod tumani – 71 254-59-46
- Yakkasaroy tumani – 71 254-59-31
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter