Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi

Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi

Foto: Metaverse Post

Hindistonni rivojlantirishga qaratilgan 25 yillik strategik rejani ishlab chiqishda sun’iy intellektdan foydalanildi. Bosh vazir Narendra Modi ANI yangiliklar agentligiga intervyusida shuni ma’lum qildi.

Modining aytishicha, uning jamoasi 1,5 milliondan ortiq odamlarning fikrlarini to‘plagan va bu ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida tizimlab, tasniflagan.

Bosh vazir «yo‘l xaritasi»ning tafsilotlarini ochmadi, ammo reja u g‘alaba qozonish uchun yuqori imkoniyatga ega uchinchi muddat uchun saylovlardan so‘ng amalga oshirilishini ta’kidladi.

Modining «Bxaratiya Janata» (BJP) partiyasi o‘z saylovoldi dasturini taqdim etgan bo‘lib, unda, jumladan, giyovand moddalar noqonuniy savdosiga qarshi hamda yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishni yaxshilashda sun’iy intellektdan foydalanishga va’da berilmoqda. Qolaversa, saylovoldi dasturidan Hindistonda boshlab yuborilgan «sun’iy intellektni rivojlantirish missiyasi» uchun $1,24 mlrd ajratish ko‘zda tutilgan.

Hindiston sun’iy intellekt rivojlanishini ham nazoratga olmoqchi. Shu yilning mart oyida Elektronika va va axborot texnologiyalari vazirligi texnologiya kompaniyalariga yangi sun’iy intellekt vositalarini ishga tushirishdan avval ruxsat olish majburiyatini yuklaydigan tavsiyanomalarini chiqargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring