Hindiston yirik sammitda boshqa nom bilan qatnashmoqda
Afrika Ittifoqi G20’ning doimiy a’zosiga aylandi. 55 davlatni o‘z ichiga olgan ittifoq Hindiston tashabbusi bilan G20’ga qo‘shildi.
Bugun Nyu-Delida ikki kunlik G20 sammiti boshlandi. Tadbirda Rossiya va Xitoy rahbarlari qatnashmayapti, ushbu vaziyatdan Yevropa Ittifoqi Afrika davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash uchun foydalanmoqchiligini avvalroq Bloomberg ma’lum qilgandi.
E’tiborlisi, Hindiston o‘zining tarixiy Bharat nomi bilan qatnashmoqda. Hukumatning mamlakat nomini o‘zgartirishi mumkinligi haqida avvalroq xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter