Hindiston, saylov: Narendra Modi juda jiddiy qarshilikka duch keldi
Bosh vazir Narendra Modining «Bharatiya Janata» partiyasi alyansi parlament saylovlarida g‘alaba qozonmoqda. Biroq, hukmron alyansning ekzit-poll natijalari bashorat qilganidan ancha kam ovoz to‘plagan.
Times of India gazetasi tomonidan e’lon qilingan oxirgi ovozlar hisobiga ko‘ra, hukmron alyans parlamentdagi 543 o‘rindan 300 o‘ringa ega. Muxolifatdagi INDIA bloki 230 o‘rinni egallagan. Ba’zi yirik shtatlarda, jumladan Uttar-Pradesh, Maxarashtra va Rajastanda muxolifat juda yaxshi natija qayd etgan.
Agar hukmron partiya g‘alaba qozonsa, bu parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinlarni egallagan uchinchi muddat bo‘ladi.
Hindistonda saylovlar 19-apreldan 1-iyungacha — 44 kun davom etdi. Bu Hindistonda 1947-yildan beri eng uzun saylovlardan biri. Hindistonda rekord darajadagi issiqlik tufayli 33 kishi saylov uchastkalarida halok bo‘ldi. Ovozlarni sanab chiqishning yakuniy natijalari bugun, 4 iyun kuni e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter