Hindiston birinchi marta Yaponiyani quvib o‘tdi

Birinchi marta Yaponiyani quvib o‘tgan Hindiston eng yirik avtomobil bozorlari orasida Xitoy va AQShdan so‘ng uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
2022-yilda Hindistonda 4,25 millionta avtomobil sotildi (yengil va tijoriy mashinalar qo‘shib hisoblanganda). Janubiy Osiyo mamlakatida avtomobillar savdosi o‘sishiga yuqori talabga nihoyat e’tibor qaratilgani hamda avtomobil ishlab chiqarish ko‘paygani sabab bo‘ldi.
O‘tgan yili Xitoyda avtomobillar savdosi 1,7 foiz o‘sib, jami 75 mln dona avtomashina sotildi. AQShda, aksincha, sotuv hajmi yillik kesimda 7,8 foiz pastlab, jami 13,89 mln dona mashina xaridorlarga yetkazildi.
Yetakchi uch mamlakat avtomobil bozori solishtirilganda:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter