«Ikkinchi boy» axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun 7,5 milliard dollar xayriya qildi
Hindistonning ikkinchi boy insoni — 73 yoshli milliarder Azim Premji axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun 530 mlrd. rupiy (7,5 mlrd. AQSh dollari) xayriya qildi. Bu haqda «CNN» xabar berdi.
Mamlakat tarixida hali hech kim buncha katta xayriya qilmagan. Azim Premjining pullari axborot texnologiyalari sohasida ta’lim muassasasi ochishga yo‘naltiriladi.
«Bloomberg» ma’lumotiga ko‘ra, Azim Premjining boyligi 18 milliard dollardan ko‘proq. Demak, u shu boylikning qariyb yarmini xayriya qilib yuborgan.
Azim Premji «Wipro Technologies Limited» axborot texnologiyalari autsorsingi bo‘yicha global kompaniyasi raisi sanaladi. U mamlakatda ta’lim sohasini qo‘llovchi jamg‘armaga asos solgan, bundan tashqari, Bangalordagi Azim Premji universitetini ham boshqarmoqda.
«Milliarderning oxirgi saxovati ikkinchi universitetni ochish va «ko‘lamimizni sezilarli darajada oshirish» imkonini beradi», — deyishdi tashkilot (universitet)dagilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter