Hech qanaqa ikkinchi to‘lqin kuzatilmayapti — JSST
Koronavirusning mavjud tur va shakllari COVID-19 pandemiyasining hech qanday ikkinchi to‘lqini kuzatilmayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda JSST favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Dorit Nitsan ma’lum qildi.
Uning aytishicha, koronavirusni yuqtirish holatlari kuchayayotgan mamlakatlar bor, ammo virus yuqishi pasayayotgan mamlakatlar ham yetarlicha.
Shuning barobarida Nitsan koronavirus juda xavfli kasallik ekaniga urg‘u berib, jahon miqyosida bemorlarning 5 foizi uning og‘ir formasiga yo‘liqqanini qo‘shimcha qildi.
«Bu juda qiynalayotgan, hayoti qil uchida turgan besh foiz bemorlar», — dedi Nitsan.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 37 milliondan ziyod kishida koronavirus aniqlangan. Qurbonlar soni 1 070 355 nafarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter