Hayit bayrami kuni poytaxtda avtobuslar qatnovi erta tongda boshlanadi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti 11 avgust, yakshanba kuni nishonlanadi. Bayramni ko‘tarinki ruxda o‘tkazish, xalqimizga munosib sharoit yaratish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan qator chora-tadbirlar belgilandi.
«Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan ham Hayit kunlari poytaxt ahliga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida avtobuslar 4:30dan yo‘nalishlarga chiqariladi.
Jom’ye masjidlari atrofida «Toshshahartransxizmat» AJ mutasaddi xodimlarining 5:00 dan 8:00 gacha navbatchiligi tashkil etiladi. Jom’ye masjidlari oldidan o‘tuvchi yo‘llarda harakat vaqtincha cheklangan taqdirda avtobuslarni mazkur hududga yaqin, yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan yo‘llardan o‘tkazish choralari ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter