Haydovchi kuppa-kunduzi charchoq tufayli uxlab qoldi

Kecha, 16 may kuni soat 14:00lar atrofida «Neksiya» rusumli transport vositasi haydovchisi Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek Shoh ko‘chasida harakatlanayotib, charchoq sabab uxlab qolib boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi simyog‘ochga urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib to‘xtagan.
Baxtli tasodif tufayli haydovchi tan jarohati olmagan. Transport vositasida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini so‘rab qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter