Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchi komandirga nega 350 dollar pora taklif qildi?

Haydovchi komandirga nega 350 dollar pora taklif qildi?

Foto: «YHXBB.UZ»

2020-yil 15-oktyabr kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori, safdor J.Ilxomov VAZ-2106 rusumli transport vositasini to‘xtatadi. Chunki haydovchi xavfsizlik kamarini taqmasdan kelayotgandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv jarayonida haydovchi spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda transport boshqarayotganligi ma’lum bo‘ladi. Inspektor unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani  vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yadi.

Bu qoidabuzarlik uchun katta miqdorda jarima to‘lashini, haydovchilik huquqidan mahrum etilishini bilgan haydovchi muammo yechimining noqonuniy yo‘llarini izlashni boshlaydi va aybini pora evaziga berkitmoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda Toshkent viloyati IIBB YHXBning 3-mintaqaviy hudud yo‘l patrul xizmat otryadining komandiri katta leytеnant F.Musayevga murojaat qiladi.

Komandirning bu holat qonunga zidligini tushuntirishiga qaramasdan haydovchi o‘z fikrida qat’iy turib oladi. Shundan so‘ng katta leytenant F.Musayevning tegishli tartibdagi bildirgisi asosida O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Toshkent viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda DYHXX xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro A.R. otryad komandiriga 1,4 million so‘m va 210 AQSh dollarini pora sifatida berayotgan vaqtda xolislar ishtirokida qo‘lga olingan.

Mazkur xolat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring