Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Egizak farzand tug‘ilsa, suyunchi puli ikkalasiga ham to‘lanadimi?

Egizak farzand tug‘ilsa, suyunchi puli ikkalasiga ham to‘lanadimi?

Foto: «Xabar.uz»

— Agarda dunyoga kelgan farzandlar egizak, ya’ni Hasan-Husan bo‘lsa, suyunchi puli ikkala bolaga ham beriladimi?

Mazkur savolga Yunusobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yuriskonsulti Nodira Tosheva javob berdi:

— «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002-yil 1-apreldagi «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan)ning 6-paragrafiga muvofiq, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.

Ish haqiga koeffitsiyent qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.

Bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, agarda dunyoga kelgan farzandlar egizak ya’ni Hasan-Husan bo‘lsa, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa ularning har biriga, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring