Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda to‘rt egizak tug‘ildi

Namanganda to‘rt egizak tug‘ildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi Nafisa Yunusova va Abdukamol Ahmadjonov biryo‘la to‘rt egizakning ota-onasiga aylandi.

Tug‘uruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida mahoratli shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarilgan.

Egizaklarning 2 nafari o‘g‘il va 2 nafari qiz bo‘lib, ayni paytda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida. Oilaga bir olam quvonch olib kelgan go‘daklar belgilangan standartlar asosida parvarishlanmoqda.

Baxtiyor otaning aytishicha, ularning avlodida qo‘sh farzandlar tug‘ilishi ko‘p kuzatilgan, ammo 4 egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring