Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy xarajatlari eng yirik mamlakatlar e’lon qilindi

Harbiy xarajatlari eng yirik mamlakatlar e’lon qilindi

Foto: «Life»

Stokgolm xalqaro tinchlik muammolari tadqiqotlari instituti ma’lumotiga ko‘ra, AQSh 2018-yili harbiy maqsadlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan mamlakat bo‘ldi. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.

Harbiy budjeti eng yirik mamlakatlar yetakchi beshligiga, shuningdek, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Fransiya kirdi. Jahondagi jami harbiy xarajatlarning 60 foizi mana shu yetakchi beshlikka to‘g‘ri keldi.

AQShning doimiy raqibi sanalgan Rossiya esa 2018-yili harbiy maqsadlarga 61,4 mlrd. dollar sarfladi — oltinchi o‘rin.

O‘tgan yili jahonda harbiy xarajatlar jami 1,8 trln. dollarni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring