Harakatlar strategiyasi natijalari haqidagi yangi platforma ishga tushdi
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi va SMTI mutaxassislari tomonidan Reforms.uz yagona elektron platformasi ishga tushirildi. Unda islohotlar natijalari haqida sodda va tushunarli shaklda batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Platforma orqali 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, o‘tgan besh yil mobaynida erishilgan natijalar qiyosiy tarzda — bundan oldingi yillar, ya’ni Strategiya ijrosi boshlanishidan avvalgi holat bilan taqqoslangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter