Har seshanba «Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va bandlik kuni» deb e’lon qilindi
Qarshi shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat «Tadbirkor ayol» uyushmasi, viloyat Mikrokredit bank boshqarmasi hamkorligida «O‘z biznesingni boshla» shiori ostida ko‘rgazmali seminar treningi o‘tkazildi. Unda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan tajribaga ega tadbirkor ayollar ham taklif etildi va ular ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi.
Seminarda 90 nafar kollej bitiruvchi qizlari, 10 nafar tadbirkor ayol hamda Mikrokredit bank vakillari ishtirok etdi.
Seminardagi mahorat darslari jarayonida 4-5 nafar tadbirkor ayollarimizga shu yerning o‘zidayoq 4 nafardan, jami 18 nafar kollej bitiruvchi qizlar biriktirilib, «Ustoz-shogird» an’anasiga ko‘ra shogird etib tayinlandi, ularning manzilli ro‘yxatlari shakllantirildi va nazoratga olindi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining har haftalik ish rejasiga binoan, seshanba kuni «Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va bandlik kuni» deb e’lon qilindi. «Biznes klubi» tomonidan har oyda ikki marta shu kuni o‘quv seminarlar va master-klasslar o‘tkazilishi rejalashtirib olindi.
Seminar savol-javoblar asosida interfaol usullardan foydangan holda yuqori saviyada o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter