Har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM ochiladi
2021-yil 1-sentyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tashkil qilinadi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur yangilik oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter