Har 52-odam virusni yuqtirgan — Florida shtatida kovid kasallari soni 400 mingdan oshib ketdi
AQShning Florida shtatida koronavirusga chalinganlar soni 400 ming nafardan oshib ketdi — bu haqda mahalliy SSV xabar berdi.
«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, aniq raqam — 402 312 ta holat. Kechagi sananing o‘zida 12 444 ta yangi holat aniqlangani ham shtatda pandemik ahvol qanchalik og‘irligini ko‘rsatadi.
Shtat virusning kunlik qayd etilishi bo‘yicha AQShda — birinchi o‘rinda!
Florida aholisi 21 million kishi. Shtatda yashovchi har 52-inson koronavirusni yuqtirgan! Agarda Florida alohida davlat bo‘lganida koronavirusni yuqtirishlar soni bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa chiqardi.
Kasallikni yuqtirganlarning 5653 nafari vafot etgan. Bemorlarning 355 939 nafari (88 foiz!) davolanishda.
Floridadan ham og‘irroq vaziyatni o‘tkazgan va o‘tkazayotgan shtatlar — Kaliforniya (440 429 ta holat) va Nyu-York (438 402 ta holat). O‘lim holatlari esa yettita shtatda Floridadagidan ham ko‘p: Nyu-York (32 662), Nyu-Jersi (15 837), Massachusets (8 484), Kaliforniya (8 264), Illinoys (7 577), Pensilvaniya (7 183), Michigan (6 400).
AQSh bo‘yicha jami 4 236 874 ta holat (jahondagiga nisbatan 26,6 foiz) qayd etilgan, qurbonlar soni — 148 259 nafar, 2 milliondan ortiq bemor davolanishda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter