Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamshiralik o‘rnini 2,5 ming dollarga «sotmoqchi» bo‘lgan shaxslar ushlandi

Hamshiralik o‘rnini 2,5 ming dollarga «sotmoqchi» bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Z.K. va D.K. o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.R.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro Perinatal markaziga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dallilar bilan  ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalarsi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar tibbiyot reabilitatsiya markazida bo‘lim bo‘lim boshlig‘i G.X. fuqaro A.A.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga Nukus shahridagi oilaviy poliklinikaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 22 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring