Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamas qo‘mondonlari halok bo‘ldi

Hamas qo‘mondonlari halok bo‘ldi

HAMAS tashkiloti rahbariyat a’zosi Solih al-Aruriyning o‘limini rasman tasdiqladi. Bayonotda jangovar qanotning ikki qo‘mondoni ham halok bo‘lgani aytilgan.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari o‘ldirilgach, Ramallohda ommaviy yurish boshlangan. Shahar G‘arbiy Sohilning markaziy qismida joylashgan.

Avvalroq Bayrut chekkasida kuchli portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Portlashdan keyin Hizbulloh nazorati ostidagi hududda yong‘in boshlandi. Mahalliy OAVlar dron hujumi haqida xabar berishgan.

Bundan avvalroq Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu harbiy amaliyot barcha maqsadlarga erishilgunga qadar va HAMAS harakati yo‘q qilinmaguncha davom etishini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring