Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Halol fuqaro». To‘qayev taklif qilgan yangi konsepsiyaning mohiyati nimada?

«Halol fuqaro». To‘qayev taklif qilgan yangi konsepsiyaning mohiyati nimada?

Qozog‘istonda «Halol fuqaro – halol mehnat – halol daromad» konsepsiyasi amalga tatbiq etilmoqda. Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlatning vakolatli idoralari o‘z faoliyatini ushbu g‘oyaga uyg‘un holda olib borishi borasida topshiriq bergan. 

«Halol fuqaro – halol mehnat – halol daromad» («Adal adam – Adal yeңbek – Adal tabis») konsepsiyasi Q.To‘qayev tomonidan Milliy qurultoyning joriy yil 15 mart kuni bo‘lib o‘tgan uchinchi mashvaratida ilgari surilgan.

«Chinakam ilg‘or mamlakat bo‘lish uchun iqtisodiy masalalarni yechishning o‘zi yetarli emas. Biz barcha jihatlarni inobatga olgan harakat qilishimiz, nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy jabhada ham maqsad-mo‘ljallarni aniqlashimiz kerak», – degan Qozog‘iston prezidenti. 

Siyosiy yetakchiga ko‘ra, mamlakatning har bir fuqarosi, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod «Halol fuqaro» konsepsiyasida ifodalangan fazilatlarga ega bo‘lishi lozim.

«Halol fuqaro» bu – eng yaxshi fazilatlarga ega, sidqidildan mehnat qilib, munosib yutuqqa erishadigan, halollik va odillikni barcha narsadan ustun deb biladigan insondir. Mutaraqqiy millatlar safiga qo‘shilish uchun barcha fuqarolarimiz dunyoqarashini o‘zgartirishimiz va jamoatchilik ongu tafakkuriga yangi qadriyatlarni singdirishimiz kerak.  Agar har birimiz «Halol fuqaro» konsepsiyasi ideallariga sodiq bo‘lsak, shubhasiz odil jamiyat quramiz», – degan u.

Q.To‘qayev avvalroq Yangi Qozog‘istonni barpo etish rejasini e’lon qilgan edi. «Halol fuqaro» g‘oyasi ushbu strategiyaning mantiqiy davomi deb baholanmoqda. Oqo‘rda rahbariyati ilgari surgan siyosiy islohotlar qatorida davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash vazifalari ham mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring