Halok bo‘lgan deb hisoblangan futbolchining tirigi chiqdi
Germaniyaning «Shalke» klubi sobiq himoyachisi, 2016-yilda halok bo‘lgan deb hisoblangan Xiannik Kamba tirik bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Bild» xabar berdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, go‘yoki avtohalokatda vafot etgan 33 yoshli Kamba Germaniyaning Rur hududida oilasi bilan istiqomat qilmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchi sug‘urta kompaniyasidan to‘lov undirish maqsadida o‘z o‘limini uyushtirgan bo‘lishi hech gap emas. Ayni vaqtda Germaniya prokuraturasi himoyachining qallig‘iga nisbatan tergov harakatlarini olib bormoqda. U erining o‘limi haqidagi hujjatlarni soxtalashtirganlikda ayblanmoqda.
Kamba — «Shalke» tarbiyalanuvchisi va yoshlar jamoasi o‘yinchisi. 2008 — 2015-yillar davomida u Germaniyaning quyi divizionlaridagi klublarda to‘p surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter