Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Halimaning singlisi qamoqqa olindi – IIBB

Halimaning singlisi qamoqqa olindi – IIBB

Toshkent viloyati IIBB Halima Ibragimovaning ijtimoiy tarmoqlarda yo‘llagan murojaatiga izoh berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 25 iyun kuni fuqaro H.Ibragimova (san’atkor) ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, Toshkent tumani IIO xodimlari uning singlisi Hanifani yashash xonadoniga kelib, biror bir «asossiz» uni olib ketganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Mazkur murojaatda keltirilgan vajlar Toshkent viloyati IIBB tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi, deyiladi izohda.

Ish hujjatlariga ko‘ra, Jinoyat ishlar bo‘yicha Nurafshon shahar sudi fuqaro 1982 yilda tug‘ilgan H.I. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotganligi, jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi va hozirgi kunda dastlabki tergovdan bo‘yin tovlab yurganligi hamda unga nisbatan qidiruv e’lon qilinganlik holatlarni inobatga olib, fuqaro H.I.ga nisbatdan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bo‘yicha ajrim qilgan va uning ijrosini ta’minlash Ichki ishlar organlariga yuklatilgan.

Mazkur ajrimga asosan, Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro H.I.ning (qidiruvda bo‘lgan) yashiringan manzili aniqlanib, ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida «qamoq qo‘llanilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov organlarining yakuni xulosasi asosida jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring