Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Halilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Halilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: Senat axborot xizmati

Parlament yuqori palatasining o‘n ikkinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish  to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandiga va «O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq, Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayevni lavozimda bo‘lishning muddatsiz davriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan Lukmon Muxtarovich Kadirov, Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev, Abdurasul G‘apporovich Eranovni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori Halilillo To‘raxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar berilgandi.

Halilillo To‘raxo‘jayevning Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlanganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, tizimda keskin tozalashlarni o‘tkazgan edi.  Bungacha esa u Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring