Haj ziyoratini ado etgan ilk hojilar Toshkentga keldilar

Haj ziyoratini ado etgan ilk yurtdoshlarimiz Toshkentga qaytishdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Bortida 245 nafar ziyoratchi bo‘lgan HY-5304 reysi bilan Jiddadan kelgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining samolyoti 12 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Kelgan ziyoratchilarni poytaxt aeroportining uchib kelish zalida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi. Viloyatlardan kelgan ziyoratchilarni zal oldida maxsus avtobuslar kutib oldi.
12-30-iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta reys rejalashtirilgan bo‘lib, ularda 15 150 nafar ziyoratchilar Haj safaridan qaytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter