Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haftalik ma’lumot: keyingi kunlarda ob-havo sharoiti qanday o‘zgaradi?

Haftalik ma’lumot: keyingi kunlarda ob-havo sharoiti qanday o‘zgaradi?

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati haftalik ob-havo  ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Turkmaniston hududidan nam va iliq havo kirib kelishida faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘adi, shimolda va cho‘l hududlarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 15 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

28-dekabrda nam havo massasi janubiy viloyatlardan respublikaning markaziy hududlariga siljiydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

29-30-dekabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi harorat 2-7 daraja iliqgacha pasayadi.

Rspublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushadi.

Ushbu haftada tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring