Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gvatemalada vulqon portladi, 25 kishi halok bo‘ldi

Gvatemalada vulqon portladi, 25 kishi halok bo‘ldi

Foto:«AP»

Gvatemalada «Fuego» vulqonining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Avvalroq vulqondan 7 kishi halok bo‘lgani, 300 kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.

«RBC Noticias» telekanalining ma’lum qilishicha, vulqondan jabrlangan 653 kishi vaqtinchalik boshpana topgan, 378 kishi Eskuintla, 275 kishi esa Sakatepekese departamentiga joylashtirilgan.

So‘nggi yillarda otilgan eng kuchli vulqon cho‘g‘i va kuli 10 kilometr yuqoriga ko‘tarilmoqda. Kul shamol yo‘nalishiga qarab soatiga 40 kilometr tezlikda tarqalayapti.

Gvatemala hukumati bir nechta aholi punktida xavfning eng yuqori darajasini e’lon qildi.

«Fuego» faollashgani tufayli mamlaatdagi «Aurora» xalqaro aeroporti yopib qo‘yilgan.

Fojia mamlakatdagi 16,6 million kishidan 1,7 million nafariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Qo‘shni mamlakat – Meksika prezidenti Enrika Penya Neto gvatemalaliklarga hamdardlik bildirib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga yordam berishga shayligini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring