Gvardiola «shaharliklar» bilan qolishga qaror qildi
Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Angliya vitse-chempioni u bilan shartnoma muddatini 2022-yil iyuniga qadar uzaytirdi.
Gvardiolaning klub bilan avvalgi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar tuzilgandi. Sport artibtraj sudi UEFAning «Manchester Siti»ni yevrokuboklardan chetlatish qarorini bekor qilganidan so‘ng, Gvardiola «shaharliklar» bilan qolishga qaror qildi.
Xosep Gvardiola «Manchester Siti»ni 2016-yildan beri boshqaryapti. Klubga Angliya chempionatida ikkita g‘alabani, mamlakat kubogini, Liganing uchta kubogini yutishda yordam berdi. Biroq asosiy maqsad — Yevropa Chempionlar ligasini yutish «uddalab bo‘lmas missiya»ligicha qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter