Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘uzorga maxsus tibbiy brigada yuborildi

G‘uzorga maxsus tibbiy brigada yuborildi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi shifokorlar 4 yoshli bemor bolaga tashxis qo‘ya olmagani oqibatida u 20-iyun kuni vafot etgani haqida xabar bergandik.

Shu oilaning yana bir a’zosi — olti yoshli qizaloq ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo unga mutaxassislar tashxis qo‘yisha olmagan.

Nihoyat, Sog‘liqni saqlash vazirligi voqeaga munosabat bildirdi. Aytilishicha, holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida SSV tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi holatni o‘z nazoratiga olgani va o‘rganish natijalari haqida batafsil ma’lumot berishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring