Guruhdan chiqish vazifasini muddatidan avval uddalagan O‘zbekiston futzalchilari Yaponiyaga imkoniyatni boy berdi
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi bellashuvlariga yakun yasadi. Dastlabki ikki turdagi g‘alabadan so‘ng keyingi bosqich masalasini hal qilgan Bahodir Ahmedov shogirdlari so‘nggi turda Yaponiyaga imkoniyatni boy berdi.
Birinchi bo‘lim O‘zbekistonning ustunligida yakunlandi. Farhod Abdumavlonovning goliga yaponlar ikkinchi bo‘limda javob qaytarishdi. O‘yin oxiriga qadar to‘rtta gol urgan raqiblar 26-daqiqada Artur Yunusovdan gol o‘tkazib yubordilar.
Shu tariqa Yaponiya terma jamoasi guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, birinchi o‘rinni egalladi.
Futza, Osiyo chempionati
«B» guruhi. 3-tur
O‘zbekiston — Yaponiya 2:4
Gollar: Farhod Abdumavlonov, (3), Artur Yunusov, (26) — Kaoru Morioka, (21), Shota Hoshi, (24), Shota Hoshi, (35), Riosuke Nishitani, (38)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter