Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovaga aloqador hashamatli pentxaus sotib yuborilgani oshkor bo‘ldi

Gulnora Karimovaga aloqador hashamatli pentxaus sotib yuborilgani oshkor bo‘ldi

Gonkongdagi The Arch turar joy majmuasida joylashgan va bir vaqtlar Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan hashamatli pentxaus 285 foizlik foyda bilan 2016 yildayoq sotib yuborilgan.

Bu haqdagi ma’lumot shu paytgacha sir tutilgan va ushbu hujjat endi internetga tarqab ketgan. Gonkongning eng qimmat hududida joylashgan mazkur pentxaus 2008 yilda Gulnora Karimova kompaniyasi tomonidan 36,5 mln. dollarga sotib olingan edi.

Keyinchalik uy «Dado» guruhi yakkaxoni, Karimovaning biznes hamkori Rustam Madumarovga pullangan.

2016 yilda uy egalari Karimova va Madumarov qamoqdalik paytida pentxaus 68,4 mln. dollarga sotilgan.

Karimovaning qizi Imon Karimova o‘zining Instagram sahifasida yozishicha, bu uyni sotib foyda ko‘rganlar bir kuni oshkor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova ayni paytda qamoqda bo‘lib, uning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini qaytarish bo‘yicha yakuniy jarayonlar shu yil fevralda boshlangan edi.

Ma’lumot o‘rnida, pentxaus — osmono‘par binoning eng yuqori qavatida joylashgan uy yoki idora uchun mo‘ljallangan hudud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring