Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimova Zangiotadagi koloniyada saqlanayotgani ma’lum qilindi

Gulnora Karimova Zangiotadagi koloniyada saqlanayotgani ma’lum qilindi

Foto: «twitter.com/GregoireMangeat»

Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati, Jenevadagi «Mangeat Attorneys at Law» advokatlik firmasi rahbari Gregor Manget (Grégoire Mangeat) o‘z mijozi ayni damda Zangiota tumani hududidagi 21-jazoni o‘tash koloniyasida ekanini ma’lum qildi.

U o‘zining tvitterdagi sahifasida koloniyaga borgani haqida yozib qoldirdi. Keyingi postida «Zangiotadagi 21-raqamli ayollar koloniyasidagi ikkinchi kunim», — deya ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuraturaning 6-martdagi xabariga ko‘ra Gulnora Karimova jazoni o‘tash davrida sud tomonidan belgilangan cheklovlarni tizimli ravishda buzib, majburiyatlarini bajarmay kelgani uchun uy qamog‘idan umumiy rejimdagi koloniyaga o‘tkazilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring