Gulistondagi tug‘uruqxonada chiroq o‘chdi, bolalar kislorodsiz qoldi
![Gulistondagi tug‘uruqxonada chiroq o‘chdi, bolalar kislorodsiz qoldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3679886319.jpg)
Guliston shahrida aholi chiroq o‘chishidan norozi bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu holat tug‘uruqxonalar va shifoxonalarda ham davom etmoqda.
«Zed News» kanaliga kelib tushgan murojaatlardan biriga ko‘ra, Sirdaryo viloyat tug‘uruqxonasida 1 soatga elektr uzib qo‘yilgan. Bemorlar, homilador ayollar viloyat elektr tarmoqlariga sim qoqishsa, endi har kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha chiroq o‘chirilishi aytilgan.
«Onam tug‘uruqxonada. Bugun chiroq o‘chib qolganda bolalarning kislorodlari ham o‘chib qolgan. Dodimizni kimga aytishni bilmaymiz», — deb yozadi murojaatchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter