Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guaydo birinchi prezidentlik farmonini imzoladi

Guaydo birinchi prezidentlik farmonini imzoladi

Foto: TASS

Venesuelaning muvaqqat prezidenti Xuan Guaydo o‘zining ilk farmonini chiqardi.

«Men, Venesuela Bolivar Respublikasi qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni sifatida, insonparvarlik yordami Venesuelaga kiritilishiga ruxsat berilishini navbatdagi marotaba tasdiqlayman va ushbu ruxsat asosida ish ko‘rishni buyuraman», —  deb yozdi Guaydo «Twitter»dagi sahifasida hamda ushbu hujjatning fotonusxasini ilova qildi.

Bungacha muxolifat nazorati ostida bo‘lgan parlament ham insonparvarlik yordamiga ruxsat berilishini tasdiqlagandi.

Prezident Nikolas Maduro hukumati ertaga — 23-fevral kuni yetib kelishi kutilayotgan tashqi madadga tish-tirnog‘i bilan qarshi va shu kuni butun mamlakat bo‘ylab safarbarlik e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring