Gruziyada qor yog‘di (video)
![Gruziyada qor yog‘di (video)](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2824354699.jpg)
Gruziyaning tog‘li kurort shahri Gudauriga bugun qor yog‘di, deya xabar berdi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Qordan oldin kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘gan.
Rossiya chegarasiga yaqin joydagi Kazbe qishlog‘ida yashovchi bir kishi hanuz qor yog‘ishi davom etayotganini ma’lum qilgan.
«Kecha kun bo‘yi Gudauri shahrida qor yog‘gan. Bizda ham ob-havoning avzoyi buzuq: ba’zan yomg‘ir, ba’zan qor, ba’zan esa do‘l yog‘yapti», – degan qishloqda yashovchi Shota Maisuradze.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter