Gruziyada namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi
Gruziya poytaxti Tbilisida 8 mart kuni kechqurun «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishiga qarshi namoyishga chiqqanlar politsiya bilan to‘qnashdi.
Namoyishchilarning parlament binosini qamal qilishi to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.
Politsiya xuddi bir kun oldingidek, norozilarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va suv purkagichlarni qo‘lladi.
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili norozilarni qo‘llashini bildirib, «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘yishini bildirdi.
«Keragi bo‘lmagan bu qonun tasodifan paydo bo‘lib qolgani yo‘q, u Moskva tomonidan aytib turilgandir. O‘z kelajagini Yevropada ko‘rayotgan Gruziyadan istiqbolini tortib olishlariga yo‘l qo‘yilmaydi», – degan Gruziya tarixidagi ilk ayol prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter