Gruziya sudi Saakashvilining qamoq muddatini yana 4,5 yilga uzaytirib berdi

Gruziya sudi sobiq prezident Mixail Saakashvilini 2021-yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun yana 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 17 mart kuni mahalliy «TV Pirveli» telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, sud qarori natijasida Saakashvilining umumiy qamoq muddati 2034-yilgacha uzaytirilgan. Sobiq prezidentning o‘zi sud majlisida ishtirok etmagan.
2021-yil oktyabr oyida Saakashviliga qarshi chegarani noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha ish ochilgan edi. O‘shanda u Ukrainadan Gruziyaga sut mahsulotlari ortilgan yuk mashinasiga yashirinib qaytgan.
Avvalroq, 12-mart kuni sobiq prezident davlat budjetidan qariyb 9 million lari (3,2 million dollardan ortiq) mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblanib, to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Gruziya prokuraturasiga ko‘ra, bu mablag‘ning salmoqli qismi 2009–2012 yillarda siyosatchining shaxsiy ehtiyojlari, jumladan, hashamatli buyumlari uchun sarflangan.
Budjetni o‘g‘irlash va chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlaridan tashqari, Saakashvili 2007-yildagi mitingni noqonuniy tarqatishda ham ayblangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter