Gruziya nomini yana bir davlat Sakartveloga o‘zgartirmoqchi
Ukraina Gruziya nomini rasman o‘zgartirmoqchi. Oliy Rada Gruziyani rasman Sakartvelo deb atashni taklif qilgan va tegishli qonun loyihasi juma kuni Ukraina parlamenti saytida e’lon qilingan.
«Qonun loyihasidan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun Ukrainada rasmiy darajada, rasmiy yozishmalar va muloqotlarda, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida Gruziya o‘rniga Sakartvelo rasmiy va tarixiy nomidan foydalanishni joriy etish taklif qilinmoqda. Shunga ko‘ra, gruzin xalqi (gruzinlar) ham kartvellar deb ataladi», – deyiladi hujjat loyihasi izohida.
Qonun loyihasi mualliflari bu Kiyev va Tbilisini yaqinlashtirishini aytmoqda. Shuningdek, mamlakat o‘zining «ruslashgan» nomidan ham xalos bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sakartvelo – «kartvellar mamlakati» deb tarjima qilinadi va gruziyaliklar o‘zlarini shunday atashlarini istaydilar. Ko‘pgina tillarda mamlakat nomining lotincha talaffuzdagi atamasi – Georgia kirib qolgan.
Ilk marta Gruziyani asl nomi – Sakartvelo deb rasmiy yuritishni boshlagan davlat Litva dalvati bo‘lib, bu 2018-yil 3-maydan boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter