Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqishini ma’lum qildi
Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Brifingda ma’lum qilinishicha, bu mamlakatdagi siyosiy inqiroz bilan bog‘liq. Gaxariya o‘z qarori mamlakatdagi vaziyatni o‘nglashga xizmat qilishidan umidvor.
«Bizning qutblarga bo‘linib ketib, ziddiyatga borishimiz — mamlakatimiz kelajagi, iqtisodiy taraqqiyoti uchun eng katta xavf», — dedi u.
Gaxariya o‘zi va hukumat o‘rtasida nizoga, qolaversa, iste’foga ketishiga sudning muxolifatchi «Yagona milliy harakat» partiyasi yetachisi Nikanor Meliyani qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarori bajarilmaganini sabab qilib ko‘rsatgan. Bugun sud qarori bilan partiya ofisiga borgan politsiyachilar ichkariga kiritilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter