Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Green Uzbekistan». Huawei barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida

«Green Uzbekistan». Huawei barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida

Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi «Green Uzbekistan» tashabbusi jahonni barqaror rivojlantirish bo‘yicha global qarashlari bilan juda mos keladi. Kompaniya BMTTD’ning Orol dengizining tubini ko‘kalamzorlashtirish loyihasini yana bir bor qo‘llab-quvvatladi.

Iyul oyi boshlarida Huawei kompaniyasi o‘zining barqaror rivojlanish bo‘yicha yillik hisobotini e’lon qildi, unda Huawei tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shgan hissasi bayon qilingan. Ushbu tashabbus to‘rtta bo‘lib, raqamli integratsiya, xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror va uyg‘un ekotizimga erishish strategiyalarini amalga oshirishdan iborat. Hisobotda barcha manfaatdor tomonlar uchun foyda keltiradigan moddiy boyliklarni yaratishga qaratilgan loyihalar va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirish tartibi ko‘rsatilgan.

Masalan, 2020 yilda Huawei ekologik jihatdan yanada musaffo va barqaror raqamli dunyoni yaratish bo‘yicha olib borgan sa’y-harakatlari doirasida uglerod chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni kengaytirish va yopiq sikldagi iqtisodiyotning shakllanishiga yordam berishga ko‘proq e’tibor qaratdi. 2020 yilda Huawei kompaniyasining KO2 chiqindilari har million yuan daromadga nisbatan bazaviy yil (2012) bilan solishtirganda 33,2% ga kamaydi va 2016 yilda kompaniya tomonidan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichdan (30%) oshdi.

O‘tgan yili rivojlanishni rejalashtirish bo‘yicha global ekologik notijorat qo‘mita 5800 dan ortiq kompaniyalarni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi bo‘yicha baholadi. Huawei boshqa sanoqli kompaniyalar qatorida chiqindilarni kamaytirish va xavfni yumshatish bo‘yicha e’tirof etildi. Kompaniya kam uglerodli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan chora-tadbirlari uchun nufuzli «A» daraja bilan baholandi.

Huawei qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni ilgari surish uchun 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda raqamli energiya yechimlarini joriy etdi. Bu tashabbus dunyo aholisining uchdan bir qismini qamrab oldi. Bugungi kunga qadar ushbu yechimlar hisobiga qayta tiklanadigan manbalardan 325 milliard kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarildi va 10 milliard kVt/s elektr energiyasi tejab qolindi. Ushbu sa’y-harakatlar tufayli KO2 chiqindilari 160 million tonnaga kamaytirildi.

Iqlim o‘zgarishi bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi jiddiy to‘siqqa aylangan. Huawei kompaniyasi kam uglerodli iqtisodni rivojlantirish va «yashil» taraqqiyot strategiyasini tezroq amalga oshirishga intilmoqda va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yashil iqtisodiyotni tiklashga ko‘p kuch sarflamoqda.

«Bizning barqaror rivojlanish bo‘yicha yillik hisobotimiz kompaniya raqamli texnologiyalarni joriy etish, ekologik musaffo va inklyuziv aqlli dunyoni uyg‘unlikda rivojlantirishga intilayotganini yana bir bor isbotlaydi. O‘zbekiston bozoriga kirib kelganimizga 20 yildan oshdi va mana shu davr davomida biz mamlakatda AKTni rivojlantirish uchun faqat eng ilg‘or va eng maqbul yechimlarni taqdim etib kelmoqdamiz. Shuningdek xayriya loyihalari va korporativ ijtimoiy javobgarlikni amalga oshirish orqali barqaror rivojlanishga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz. Masalan, O‘zbekistonda «Green Uzbekistan» loyihasiga alohida e’tibor beryapmiz, chunki bu harakat mamlakat aholisining kelajagiga taalluqlidir va biz Orol bo‘yi muammosini e’tiborsiz qoldirolmaymiz. Umid qilamizki, 10 yildan so‘ng loyihada ishtirok etayotganlarning olib borgan ishlari natijasi va qo‘shgan hissasini yashil Orol dengizi timsolida ko‘ramiz», – dedi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori Forest Lyu.


Kompaniya 2020 yilda BMT Taraqqiyot dasturining Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha loyihasiga «Green Uzbekistan» tashabbusi bilan qo‘shildi. Qurg‘oqchil yerlarga 20 mingga yaqin saksovul ko‘chatlari ekildi. Kompaniya rahbariyati Orol dengizi mintaqasini barqaror rivojlantirishga qo‘shilgan hissa bir martalik bo‘lmasligi va loyihani uzoq muddatli asosda qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi. Huawei jamoasi 2021 yilda loyiha jarayoni bilan tanishish uchun saksovul ekilgan hududga safar tashkil qildi. Kompaniya bu yil ham saksovul ko‘chatlarini sotib olishga yana bir bor hissa qo‘shdi va umumiy sonini 30 mingtaga yetkazdi.

«Xususiy sektor Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynaydi va biz Huawei singari kompaniyalarning jamiyatga sarmoya kiritishi, tadqiqotlar va atrof-muhit muammolarini o‘z faoliyatining mantiqiy va ajralmas qismi deb bilishidan mamnunmiz. Huawei kompaniyasiga 2020-2021 yillarda «yashil chempion» bo‘lgani va Orol dengizining qurib qolgan tubiga saksovul ekishda doimiy yordam ko‘rsatayotgani uchun minnatdorchilik bildiramiz», – dedi BMTTD’ning O‘zbekistondagi akselerator laboratoriyasining tajribalar o‘tkazish bo‘yicha rahbari Adham Qo‘chqorov.

2020 yilda Huawei kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 650 dan ortiq xayriya tadbirlarini tashkil etdi. Uning «Seeds for the Future» deb nomlangan yetakchi o‘quv dasturi 130 ta mamlakat va mintaqalardan 9000 ga yaqin talabalarni, shu jumladan O‘zbekistonlik talabalarni ham o‘z ichiga qamrab oldi. Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirib, innovatsion texnologiyalarga ega ko‘chma sinflarga asoslangan «Mobil AKT Akademiyasi» loyihasini taqdim etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring