Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari sababi aniqlandi

Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari sababi aniqlandi

Foto: «RIA Novosti»

Gretsiya poytaxti Afina shahri yaqinida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 83 kishiga yetdi. Pendel shahar meri Sterjyu yong‘inga elektr energiyasi kabelining uzilishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar qilmoqda.

«Tabiiy ofatga Dau tog‘ida energiya liniyasidagi kabellarning uzilishi sabab bo‘lgan», – degan Pendel shahar meri Dimitris Sterjyu.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Mati muxtoriyatida yong‘indan yaralangan va poytaxt shifoxonasiga keltirilgan 73 yoshli kishining vafot etishi bilan halok bo‘lganlar soni 83 nafarga yetganini, jarohatlanganlar esa 150 dan ziyodligini ma’lum qildi. Avvalroq yong‘in sababli 79 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar qilgan edik

Gretsiya matbuotining yozishicha, hukumat halok bo‘lganlar sonining ortishidan tashvishda. Yong‘in hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti. Yuzdan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring