Gretsiya prezidentligiga ilk bor ayol saylandi
Davlat kengashi — Gretsiya oliy ma’muriy sudi raisi Yekaterina Sakellaropulu Gretsiya prezidenti etib saylandi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Shunga ko‘ra Gretsiya davlatini ilk bor ayol boshqaradi.
Saylov chorshanba kuni ertalabdan parlamentda o‘tkazilmoqda.
Ayni vaqtda 300 deputatdan 200 nafari Sakellaropuluga ovoz berishgan. Ushbu ovozlar soni saylash uchun yetarlidir. Ovoz berish davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter