Gretsiya terma jamoasi futbolchisi jonsiz holda topildi
9 oktyabr oqshomida Gretsiya terma jamoasi va «Panatinaikos» klubining 31 yoshli himoyachisi Jorj Baldokning jasadi ijaraga olingan uyning suzish havzasidan topildi.
Sport24.gr xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan futbolchining jasadini uy egasi topib olgan. Xotini bir necha soat davomida u bilan bog‘lana olmagach, uy egasidan qidirib ko‘rishni iltimos qilgan.
Huquq-tartibot idoralari tergov olib bormoqda. O‘lim sababi hozircha noma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining tanasida jarohatlar topilmagan.
Angliyaning beshta klubida to‘p surgan Jorj Baldok 2023 yilning 29 mayidan boshlab «Panatinaikos» bilan shartnoma imzolagandi.
Baldok Gretsiya terma jamoasida 2022 yilning 2 iyunidan buyon o‘ynab kelayotgandi va 12 ta uchrashuvda maydonga tushgandi. Jorj ushbu haftada ham o‘z terma jamoasi libosida o‘yin o‘tkazishi lozim edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter