Go‘zallik tanlovi ishtirokchisi Gulnur ish topishga qiynalyapti: ayollar rashk qilsa, erkaklarning niyati buzuq
«Qozog‘iston go‘zali-2019» go‘zallik tanlovining final ishtirokchisi Gulnur Nurtaza idish yuvuvchi bo‘lib ishga joylashdi. Bu haqda Nur.kz nashri o‘zining Instagram akkauntida xabar berdi.
Portalning ma’lum qilishicha, qiz olti oydan beri Qizilo‘rda shahridagi kafelardan birining oshxonasida ishlab kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnurning oshxonada ishlayotgani aks etgan video tarqaldi: u sarimsoq tozalayapti, idish yuvayapti. Kadr ortidagi ovoz uning aynan «Qizilo‘rda go‘zali-2017» ekanligini aytmoqda. Gulnur ham buni inkor etgani yo‘q.
Gulnurning tanishlari nashrga ma’lum qilishicha, 19 yoshli qiz ota-onasiz qoldi: otasi ikki yil oldin, onasi esa ikki oy oldin vafot etdi. Endi u o‘zini o‘zi boqishga majbur. Qayd etilishicha, Gulnurning go‘zalligi unga muammo tug‘diryapti: ayollar uni rashk tufayli ishga olmasa, erkaklar faqat yaqinlikni taklif qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter