Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘zallik tanlovi g‘olibi odam o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda

Go‘zallik tanlovi g‘olibi odam o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda

Foto: «Nur.kz»

«Miss Oaxaka-2018» go‘zallik tanlovi g‘olibi Laura Moxika Romero Meksika politsiyasi tomonidan odam o‘g‘irlashga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan. Bu haqda «Mexico News Daily» yozmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli qiz Meksikaning Verakruz va Oaxaka shtatlarida odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh tarkibiga kirgan. U 11-fevral kuni o‘tkazilgan reyd paytida to‘daning boshqa yetti nafar a’zosi bilan birga qo‘lga tushgan. 13-fevral kuni sud ularni ikki oy qamoqda saqlash ehtiyot chorasini qo‘llashga hukm chiqardi. Hozircha rasmiylar dalil to‘plashda davom etmoqda. Jinoiy guruhning har bir a’zosi 50 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Laura Moxika Romero Verakrus universitetida biznesni boshqarish bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Rezyumesida ingliz tilida erkin muloqot qilishi, ko‘krak bezi saratoni va bolalar saratoniga qarshi kurash uyushmalarining vakili ekanligi qayd etilgan. Bundan tashqari, u ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi tashkilot tuzish niyati borligini ma’lum qilgan. 2020-yilda u Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Qahva malikasi tanlovida Meksika sharafini himoya qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring