G‘orda qolib ketgan bolalardan 4 nafari qutqarildi
Tayland shimolidagi Txam Luang g‘orini tomosha qilish uchun borgan 12 boladan 4 nafari ikki haftadan keyin eson-omon qutqarildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Bolalar Txam Luang g‘origa 25 yashar murabbiyi bilan birgalikda borishgan edi.
Qutqarilganlardan ikki nafari g‘ordan 60 kilometr uzoqlikdagi Chiangray shahri shifoxonasiga yotqizildi. Qolgan ikki nafari ham shifoxonaga jo‘natilayapti.
12 bola va ularning murabbiyi shu yil 23-iyun kuni g‘oyib bo‘lgan edi. Ular 8 kilometrli Txam Luang g‘origa bir teshikdan kirib, keyin yo‘qolib qolishgan.
10 kundan beri qidiruv ishlari davom etayotgan edi. Bolalar va murabbiy bugun sog‘-omon topildi. Lekin ular ochlik tufayli holdan toyishgan.
Ayni paytda qutqaruvchilar ularni g‘ordan olib chiqish bilan shug‘ullanishayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter